Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi. Xususan, Konimexda yonuvchi slanetslarni qazish va qayta ishlash, Karmanada quyosh foto elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimi loyihalari qurilishi boshlandi. Navoiy shahrida paxta sellyulozasi korxonasi ishga tushdi.
O‘zbekistonda atmosferaga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtotransportlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda Toshkent shahri yetakchi — 93% (397 ming tonna). Ekoqo‘mita transportlarning ekologik ta’sir me’yorlarini belgilash maqsadida milliy standart loyihasini ishlab chiqmoqda.
Yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 242 taga ko‘p (128,3 foizga o‘sgan).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting